Viloyat IIB hamda Kogon tumani IIB masʼullari tomonidan tumandagi “Oʻzbekiston” Mfyda “Xonadonbay” tizimi asosida aholi orasida “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari amalga oshirildi. Tadbir davomida qishloqlar boʻylab 17 ta savdo obʼekti, xonadonlar, koʻcha va jamoat joylarida, shuningdek, 14 ta nizoli oila, ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar vakillari, korxonalar xodimlari hamda yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga doir huquqiy-targʻibot ishlari olib borildi.

Bundan tashqari, sogʻliqni saqlash muassasasi hisobida turgan 16 nafar spirtli ichimlikka ruju qoʻygan va ruhiy kasallar xonadonlariga soha xodimlari bilan birga borilib, ularning holidan xabar olindi va tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ularga firibgarlik, oʻgʻirlik hamda kiberjinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslik yoʻllarini tushuntirish maqsadida chorva mol oldi-sotdisi va qassoblik bilan shugʻullanuvchi fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi. Yoʻl harakati xavfsizligi yoʻnalishida 93 nafar qoidabuzar haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 14 ta avtomashina qarzdorligi boʻyicha jarima maydonchasiga joylashtirildi va 8 million 230 ming soʻm miqdordagi jarimalar undirildi. Eski haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish boʻyicha 120 nafar fuqaro bilan targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi. Shu bilan birga, haydovchilarga 100 ga yaqin targʻibot bukletlari tarqatildi.

Mazkur mahallada istiqomat qiluvchi 31 nafar muqaddam sudlangan, 7 nafar xavfli guruhga kiruvchi shaxs va 10 nafar profilaktik hisobda hamda probatsiya nazorati ostida turgan shaxslarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam koʻrsatilib, kelgusida takroran jinoyat va huquqbuzarliklarni sodir etmaslik boʻyicha ogohlantirishlar berildi. Targʻibotlar davomida 900 dan ortiq buklet va profilaktika inspektorlari tashrif qogʻozlari tarqatildi.

Shu kuni 9 nafar ov quroli egalari hamda tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlangan fuqarolar bilan yakka tartibda profilaktik ishlar olib borilib, mamlakatimizda aholini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash yoʻlida yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish borasida tushuntirishlar berildi.

X.AMRULLOYEV,

kapitan.

Buxoro viloyati.