IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Oltinchi mintaqaviy hudud Mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tarbiyaviy ishni muvofiqlashtirish guruhi xodimlari hamda Buxoro davlat universiteti psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi, psixologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Ziyodullo Elov ishtirokida markaz tasarrufidagi 1 va 17-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar orasidan ruhiy holati yomon, agressiv, suitsid va turli koʻrinishdagi salbiy holatlar sodir etishga moyilligi boʻlgan 65 nafar mahkum bilan psixologik trening mashgʻuloti tashkillashtirildi.
Unda mahkumlar jazo muddatini oʻtashi davomida vujudga kelayotgan qiyinchiliklari, oila va turmush bilan bogʻliq muammoli vaziyatlar boʻyicha oʻzlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan kerakli tavsiya va yechimlarni olishdi. Bu kabi tadbirlarning oʻtkazilishi mahkumlarning ruhan sogʻlom boʻlishida hamda kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilashida muhim oʻrin tutadi.
A.KAMOLOV,
kapitan.
Buxoro viloyati.
