Tanlovda viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi, shahar-tuman ichki ishlar boshqarma va boʻlimlari ekspert-kriminalistika guruhlari xodimlarining kasbiy bilim, tajriba va mahorati test sinovi, suhbat hamda AKM va PM jangovar qurollarini toʻliqsiz qismlarga ajratish va yigʻish boʻyicha hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi. Bundan tashqari, ishtirokchilarning sohaga oid maxsus bilimi, jinoyatni fosh etishda olib borgan tadqiqotlari natijalari, ish hujjatlarini yuritishi kabilar ham tanlovda eʼtiborga olindi.
Koʻrik-tanlov yakuniy natijalariga koʻra, Qarshi shahar IIOFMB Ekspert-kriminalistika boʻlimi esperti, kapitan Eldorbek Bozorov gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Navbatdagi sovrinli oʻrinlarni viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi katta eksperti, katta leytenant Abdirazzoq Xudoyberdiyev va Koʻkdala tumani IIB ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti, leytenant Fuzayl Mardonov egalladi.
Gʻoliblar tanlovning respublika bosqichida ishtirok etadi.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.