Vatanparvarlik oyligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Fargʻona viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Akbar Yusupov ichki ishlar organlarida xizmat qilgan va xizmat vazifasini bajarish chogʻida vafot etgan xodimlarning xonadoniga bordi.

Mard oʻgʻlonlarning el-yurt osoyishtaligi yoʻlidagi xizmatlari, qahramonliklari xotirlanib, oila aʼzolariga turli sovgʻalar taqdim etildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.