Topib aytilgan gap. Biroq bu galgi merganlar oʻzlarini ovda emas, oʻq otish bahsida sinab koʻrishdi.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari oʻrtasida oʻq otish boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Xodimlarning oʻqotar qurollardan mohirona va samarali foydalanish koʻnikmasini shakllantirish, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligini, shuningdek, tabelʼ qurolidan toʻgʻri foydalanish, qismlarga ajratish va yigʻish taktikasini oshirish maqsadida oʻtkazilgan musobaqa murosasiz bahslarga boy oʻtdi. Eʼtiborlisi, bahslarda ayol xodimlar ham hech kimdan qolishmasligini namoyon etishdi.
– Musobaqada ikkinchi oʻrinni egalladim, – deydi viloyat IIB EKB katta eksperti, kapitan Orif Tursunov. – Oʻqotar quroldan foydalanganda diqqatni bir joyga yigʻa olish va qurolning ichki funksiyasini yaxshi tushuna olish muhim sanaladi. Albatta, tezkorlik ham oʻz oʻrnida zarur. Bunday musobaqalar bizni oʻz ustimizda ishlab, jangovar shayligimizni oshirib borishga turtki beradi.
Bellashuv nihoyasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ichki ishlar organlari xodimlari viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan taqdirlandi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxondaryo viloyati.
