Soʻnggi yillarda mamlakatimizda harakat xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport xodisalarini oldini olish boʻyicha koʻp ishlar qilinmoqda. Jumladan, Sirdaryo viloyati hududida ham piyodalar uchun svetoforlar oʻrnatish orqali ularning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar oʻz samarasini bermoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu savobli va xayrli ishlarni yuqori sifat bilan bajarib kelayotgan barcha xodimlarga, xususan, Sirdaryo viloyati IIB JHX YHXB ekspluatasiya-montaj boʻlimi xodimlariga oʻz minnatdorligimni bildiraman. Xalqimiz farovonligi va xavfsizligini taʼminlash yoʻlida xizmat qilib charchashmasin!

Jahongir Raimjonov. 

Sirdaryo viloyati.