Romitan tumanining 3-sektoriga qarashli “Mirishkor” mahallasida joylashgan 6-umumtaʼlim maktabida “Maktab–ota-ona–mahalla” hamkorligi asosida ota-onalar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda Respublika ishchi guruhi vakili, tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik J.Rasulov, tegishli korxona va tashkilotlar vakillari, nuroniylar, oʻqituvchilar hamda mahalla yettiligi ishtirok etdi.
Tadbirda asosan maktabda oʻquvchilar davomati, odob-axloq qoidalariga rioya etish, kiyinish madaniyati, bʼosh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, fan toʻgaraklariga jalb etish, ijtimoiy tarmoqlar, internetdan unumli foydalanish, yoshlarni turli zararli oqimlarga aralashib qolishlarining oldini olish, telefondan foydalanish tartibiga rioya etish, farzand tarbiyasida ota-onaning burchi kabi masalalarda fikr-mulohazalar bildirildi.
Samimiy va ochiq muloqot tarzda oʻtgan uchrashuvda bir guruh namunali oʻquvchilarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.
Oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
