IIV Buxoro akademik litseyida Buxoro shahar Prezident maktabining akademik direktori, xalqaro toifadagi oʻqituvchi Mister Frenk Ford bilan hamkorlikda litsey ustozlari va oʻquvchilari uchun oʻquv-ijodiy seminar-trening tashkil etildi. Yuksak saviyada tashkil etilgan uchrashuvda litsey bilan hamkorlikda kelgusida amalga oshiriladigan qoʻshma dastur boʻyicha fikr almashildi. Shuningdek, litseyning ingliz tili fani ustozlari mehmonga hamroh boʻlib, oʻquv dasturlari va oʻquvchilarga xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha kerakli tavsiyalarga ega boʻldilar.
Bundan tashqari, viloyat IIB “Jasorat” muzeyida amalga oshirilgan ekskursiya mehmonda katta taassurot qoldirdi.
Shaxnoza SHARIPOVA,
IIV Buxoro akademik litsey oʻqituvchisi.
