Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov Gʻallaorol tumani «Korizquduq» qishloq fuqarolar yigʻini Muqri qishlogʻida navbatdagi sayyor qabulini oʻtkazdi. Marjonbuloq shaharchasi, Turk, Muqri, Shoʻrcha, Qoʻriq qishloqlari, «Baxt», «Oqtosh» va «Omonli» mahallalari vakillari ishtirokida oʻtgan tadbirda elektr taʼminotini yaxshilash, yoʻllarga asfalt yotqizish, koʻprik qurilishi, salomatlikni tiklash, uy-joy taʼmiri, dehqonchilik qilish uchun yer ajratishga oid masalalar koʻtarildi. Oʻz navbatida tegishli idoralar masʼullari jalb etilib, muammolarni hal etish choralari belgilandi.
Tadbir davomida 7 kishiga maishiy texnika, 8 kishiga nogironlik aravachasi, 2 kishiga eshitish qurilmasi topshirildi. Bundan tashqari bir kishiga davolanish xarajati, ikki kishiga safarbarlik chaqiruv rezervi toʻlovlari toʻlanganligi hamda bir kishiga imtiyozli kredit ajratilganligiga oid sertifikat topshirildi. Bundan tashqari Besh muhim tashabbus doirasida faol yoshlar ragʻbatlantirildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
