Yaqinda IIV Malaka oshirish institutida xalqaro hamkorlik doirasidagi uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Unda BMT Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyoda mintaqaviy maslahatchisi Reda Sirgediene hamda mazkur boshqarma xodimlari Sherzod Nazarov va Azamatbek Solihov hamda IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi bosh inspektori, kapitan Bunyodbek Davronov, shuningdek, ushbu taʼlim muassasasi boshligʻi, texnika fanlari nomzodi, dosent, polkovnik Olimjon Axmedov va institut professor-oʻqituvchilari ishtirok etishdi.

     Unda tomonlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning bugungi va kelgusidagi istiqbollari xususida fikr almashilib, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, odam savdosi va noqonuniy migratsiyaning oldini olish hamda xodimlarning malakasini oshirish va boshqa shu kabi masalalar boʻyicha hamkorlikda qilinadigan tadbirlar kelishib olindi.

Doʻstona ruhda oʻtgan uchrashuv yakunida mehmonlar mazkur taʼlim dargohida tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan ham yaqindan tanishishdi.

IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati.