Xorazm viloyati IIB JXX JTSBda ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi hamkorlikda kurashish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda prokuratura, ichki ishlar, milliy gvardiya hamda ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmalari xodimlari ishtirok etdi. 

Yigʻilishni viloyat IIB JXX JTSB boshligʻi, polkovnik S.Rahimov ochib, ekologiya sohasidagi qonunbuzarliklarning barvaqt oldini olish, qonun ustuvorligini taʼminlash hamda bu sohadagi targʻibot tadbirlari samaradorligini yanada oshirish masalalariga toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, hamkor tashkilotlarning masʼul xodimlari ham soʻzga chiqib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.

 Xudoybergan JABBOROV,

 oʻz muxbirimiz.

 Xorazm viloyati.