IIV Qashqadaryo akademik liseyida Qashqadaryo viloyatidagi Prezident maktabi direktori Sardor Sodiqov tomonidan “Oʻqituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish va xorijiy tillarni samarali oʻrgatish usullari” mavzusida seminar-trening oʻtkazildi. 

Mashgʻulot jarayonida oʻqituvchilar oldida turgan asosiy talablar, intellektual salohiyati yuqori, dunyoqarashi keng, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash borasida soʻz bordi. Shuningdek, oʻquvchilarning xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan qiziqishi oshib borayotgani, bu oʻz navbatida, chet tili oʻqituvchilari zimmasiga alohida masʼuliyat yuklashi, darslarni oʻqitishning zamonaviy usullaridan foydalangan holda tashkil etish haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Iroda MURODOVA,

IIV Qashqadaryo akademik liseyi oʻqituvchisi.