Xorazm viloyati hokimligida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, sodir etilishi mumkin boʻlgan yoʻl-transporti hodisalarining barvaqt oldini olishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Viloyat hududida faoliyat olib borayotgan korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan mazkur tadbirda kun tartibidagi mavzuga oid amalga oshirilayotgan ishlar, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar hamda qilinishi lozim boʻlgan vazifalar sarhisob qilindi. Tadbirda har bir rahbar oʻz korxona va tashkilotidagi haydovchilarga yoʻllarda harakatlanish qoidalariga qatʼiy rioya etishlari yuzasidan tushuntirishlar berib borishlari uqtirib oʻtildi. Yigʻilishda avtomobilʼ yoʻllari hamda yoʻl inshootlarining meʼyoriy talablarga javob berishi, aniqlangan kamchilik va muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish masalalari ham muhokama etildi.
Tadbirda ishtirokchilarga viloyat hududida sodir etilgan yoʻl-transporti hodisalari tafsilotlari tasvirga tushirilgan videorolik namoyish etildi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
Xorazm viloyati.
