Mirobod tumani 3-sektor rahbari, IIOFMB boshligʻi, podpolkovnik O.Xodjayev profilaktik hisobda turadigan 17 nafar yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqot davomida tuzalish yoʻliga kirgani uchun 4 nafar yoshlarni tegishli hisobdan chiqarish, 2 nafarini IT-sohasida oʻqitish, 1 nafariga chilangar sifatida ishga joylashishida amaliy yordam berish boʻyicha vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, 4 nafar yoshlar bilan taʼlim muassasasida dars qoldirmaslik boʻyicha suhbat oʻtkazildi.

 

Oʻz muxbirimiz.

Toshkent shahri.