Jizzax viloyati IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov Jizzax shahrida aholi va yoshlar bilan muloqot oʻtkazdi. Tadbir avvalida 3-sektor rahbari bir guruh yoshlarga tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishi hamda oliy taʼlim muassasalari kontrakt toʻlovlarining toʻlab berilishiga oid sertifikatlar topshirdi. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus doirasida faol yoshlar faxriy yorliq va sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Soʻng aholi va yoshlar bilan muloqot oʻtkazilib, ular tomonidan koʻtarilgan 20 dan ortiq masalalarni hal qilish choralari belgilandi. Chunonchi, shu kuniyoq 3-sektor ishchi guruhi fuqarolar bayon etgan bir qancha masalalarni joyiga chiqib oʻrgandi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“POSTDA” muxbiri.
Jizzax viloyati.
