Soha fidoyisi

Uzoq yillar ichki ishlar organlari safida fidokorona xizmat qilib, isteʼfoga chiqqanidan soʻng ham insonlarga nafi tegib kelayotgan faxriylarimiz koʻpchilikni tashkil etadi. 

Kosonsoy tumani IIB Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi mayor Jahongir Murodov faxriylarni qoʻllab-quvvatlash, ularni maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga jalb etish ishlariga bosh-qosh boʻlib kelmoqda. 

Tumanda ichki ishlar sohasida ishlab, hozirda pensiyaga kuzatilgan faxriylar soni 204 nafarni tashkil etadi. Bayramlar arafasida tuman ichki ishlar boʻlimi rahbariyati, avvalo, bemorlar, moddiy va maʼnaviy koʻmakka muhtoj boʻlib qolganlar xonadoniga yoʻqlovlar uyushtiradi. Bunday paytda Jahongir akaning zimmasidagi masʼuliyat yanada kuchayadi. Ishlar oʻzaro suhbat, xonadonma-xonadon oʻrganishlar chogʻida aniqlangan holatlar asosida tashkil etilayotganidan faxriylar ham minnatdor. Tuman Iibda oʻtkaziladigan uch avlod uchrashuvlari, maʼnaviyat tadbirlari IIV faxriylarining bosib oʻtgan sharafli hayot yoʻli haqidagi hikoyalar bilan yanada fayzli oʻtadi.

Albatta, munosib mehnat eʼtirofga loyiq. Jahongir Murodov Ichki ishlar vazirining joriy yil 7 may kungi tegishli buyrugʻi bilan “Ichki ishlar organlarining faxriy xodimi” koʻkrak nishoni va esdalik sovgʻasi bilan taqdirlandi. 

Gulchehra Buvamirzayeva, 

oʻz muxbirimiz.

Namangan viloyati.