Kuni kecha IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Qarshi shahridagi 7533-harbiy qismda joriy yil davomida jangovar xizmat, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yil yakuniga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda ishtirok etgan qoʻshinlar qoʻmondonining oʻrinbosari, polkovnik Davron Ashurov ham bu borada yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha oʻz koʻrsatmalarini berib, xizmatda yuqori natijalarga erishgan harbiylarni esa, munosib tarzda ragʻbatlantirdi. Shuningdek, u kelgusi yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan saʼy-harakatlar boʻyicha ham taklif va tavsiyalarini bildirib oʻtdi.

Bundan tashqari, ona Vatanimiz osoyishtalik posbonlarining ijtimoiy himoyasi, jangovar xizmatni oʻtash joylari hamda askarlarga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar bilan ham yaqindan tanishdi.

Azamat XOLMATOV,

harbiy qism komandirining madaniyat va maʼrifat

 ishlari boʻyicha maslahatchisi.