Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov viloyatning olis hududlaridan hisoblangan Nurobod tumanining “Navroʻz “ mahallasida aholi uchun sayyor qabul oʻtkazdi.

Unda yurtdoshlarimizni qiynab kelayotgan 20 dan ziyod turli murojaatlar atroflicha oʻrganildi. Shuningdek, 5 nafar yoshlarga ID-kartalar tantanali topshirildi.

Sayyor qabuldan soʻng, hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurash borasida “mahalla beshlik”lari faoliyati oʻrganildi. Xususan, boshqarma boshligʻi “Navroʻz” hamda “Sarikul” mahalla fuqarolar yigʻinlarining beshliklari faoliyati bilan tanishdi. Mahallani jinoyatdan xoli maskanga aylantirish borasidagi takliflarini bildirdi.