Tashkent shahar Yakkasaroy tumani IIOFMB boshligʻining aholi muammolari yechimiga bagʻishlangan sayyor qabul oʻtkazildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi” ijrosi yuzasidan tumandagi “Tepa” mahallasida boʻlib oʻtgan ushbu sayyor qabulda jami 40 taga yaqin fuqarolarning muammolari tinglanib, shundan 22 nafarining murojaatlari ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli soha xizmat rahbarlariga topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.
Shuningdek, tadbir davomida 8 nafar 16 yoshga toʻlgan va 2 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ID-pasportlar ham topshirildi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.