Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli Namangan shahridagi 7254-harbiy qism va Namangan harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.
Harbiy xizmatchilar va ularning oila-azolarini ijtimoiy himoya qilish maqsadida oʻtkazilgan sayyor qabulda uy-joy uchun imtiyozli kredit ajratish, moddiy yordam koʻrsatish va harbiylarning oila-azolarini ishga joylashtirish masalalarida 9 ta murojaat kelib tushdi.
Murojaatlardan 1 tasi joyida qanoatlantirilgan boʻlsa, 3 tasi tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirildi, 5 tasi boʻyicha huquqiy tushuntirish berildi.
B. MOʻNISOV,
podpolkovnik.
