Ichki ishlar organlarida koʻp yillar xizmat qilgan faxriy ustozlarimizning oʻgit va tavsiyalari ularni bosib oʻtgan yoʻllaridan saboq chiqarish maqsadida tashkil etilayotgan uchrashuvlar samarasini koʻrsatayotgani haqiqat. Xususan viloyat IIB tashabbusi bilan tashkil etilgan uch avlod uchrashuvi ham ayni maqsadlarni koʻzda tutdi.  

Uchrashuv sohaning tajribali xodimlari va yosh xodimlarning qiziqarli savollari bilan yanada koʻtarinki ruhda oʻtdi. Ayniqsa faxriy ustozlarimizning xizmat davrlaridagi unitilmas, shu bilan birga jinoyatlarni issiq izida fosh etishdagi jasoratlari aks etgan hikoyalar yigʻilganlarda katta qiziqish uygʻotdi. Tadbirda ishtirok etgan IIV Akademiyasi vakili ham oʻz soʻzida ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarda milliy qadiryatlarga sodiq, chinakam vatanparvar va fidoiy, burchiga sadoqatli etib tarbiyalashda bu kabi uchrashuvlarning ahamiyati haqida gapirdi. 

Shuningdek isteʼfodagi faxriylarimiz xizmat intizomini va qonunchilikni mustahkamlash, xodimlar tomonidan soʻngi vaqtlarda sodir etilayotgan poraxoʻrlik, taʼmagirlik, mansab vakolatlarini suisteʼmol qilish kabi jinoyatlar yoʻl-transport xodisalariga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida soʻzladi.

Muxtasar aytganda ayni paytda xizmat faoliyatini olib borayotgan yosh xodimlar uchun bugungi sermazmun davra suhbati va faxriylar tavsiyasi dasturul amal vazifasini bashirishi shubhasiz.

Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati