Dil izhori

Har bir yakuniga yetgan yil kishini qanday natijalarni qoʻlga kiritgani borasida sarhisobga chorlaydi. Men ham ortimga nazar tashlab, bir yillik faoliyatimni tahlil etdim. Oʻylab qarasam, ustozlarimdan oʻrganganlarimni xizmatga tatbiq etib, tavsiya va maslahatlariga amal qilib kam boʻlmabman.

Oʻtgan yilda bir qator maqolalarim xalqaro jurnallarda chop etildi. MDH miqyosida tashkil etilgan konferensiyalarda, xalqaro tan­lovlarda qatnashib, «Oʻz kasbining fidoiysi», «Taʼlim iftixori» koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandim. Shu yili sevgan insonimga turmushga chiqdim, uy-joyli, mashinali boʻldik. Turmush oʻrtogʻim Xitoyning nufuzli yuridik kompaniyasining yurtimizdagi vakilligi rahbari etib tayinlandilar.

Kirib kelgan yangi yilda ham rejalarim ulkan. Avvalambor, elimiz osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida bor bilim va imkoniyatlarimni ishga solib xizmat qilaman. Qola­versa, ilmiy izlanishlarimni ham davom ettiraman. Niyat xolis boʻlsa, albatta, amalga oshadi, deyishadi. 

 

Sevara FAYZULLAYEVA,

leytenant.