Jizzax shahrining Hamzaobod mahallasida yashovchi xususiy tadbirkor J.M. “Nega mening doʻkonimga kelayotgan mijozlarni chaqirib olasan?”, degan vaj bilan Sharof Rashidov tumani Toqchilik mahallasida yashovchi xususiy tadbirkor A.U.ni doʻpposlagan. Oʻtkazilgan tibbiy ekspertiza jabrlanuvchiga sogʻligʻining buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazilganligini tasdiqladi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Rostda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
