Shu yilning 17-sentabr kuni Qoʻqon shahar Alisher Navoiy mavzesida yashovchi fuqaro Q.A.ning uyini oʻgʻri tunab ketdi.
Nomaʼlum shaxs xonadonga gʻayriqonuniy ravishda kirib, narxi 16 million soʻmlik tilla taqinchoqlar va 450 AQSH dollarini oʻgʻirlab, voqea joyidan yashirinadi.
Ertasiga uyini oʻgʻri urganini bilib qolgan jabrlanuvchi darhol ichki ishlar boʻlimiga murojaat qildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni fuqaro T.M. sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlandi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIOFMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
