Termiz shahar Oitsga qarshi kurashish markazi shifokorlari Iivga qarashli 7257-sonli harbiy qismda «OIV infektsiyasidan himoyalanish yoʻllari, klinikasi va profilaktik xavfsizlik choralari» mavzusida seminar oʻtkazishdi.

Seminarda kasallikning oqibatlari, kasallikka chalinish va yuqtirib olish yoʻllari, himoyalanish tartibi haqida tushuncha berildi. Bugungi kunda dunyo miqyosida kasallanish statistikasi oʻsib borayotgani aytib oʻtildi. Qolaversa, harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini ham ushbu xavfdan ogoh etish zarurligi, ayniqsa, harbiy xizmatchilar qatʼiy oilaviy gigiyena qoidalariga rioya qilishlari tushintirildi.

Feruza RAHMONQULOVA,

“Postda” muxbiri.

Surxondaryo viloyati.