Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat vaqtida fuqarolar bilan professional ishlash tayyorgarligini yanada oshirish uchun joriy yilning 18 iyulidan boshlab, yoʻl harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda tezkor xizmatlar xodimlarining kasbiy tayyorgarligini oshirish boʻyicha oʻquv dasturiga muvofiq, haftaning seshanba va payshanba kunlari vazirlik akademik litseylari bazasida maxsus oʻquv-amaliy trening yigʻinlari tashkil etilmoqda.
Shu munosabat bilan IIV Malaka oshirish institutida mazkur oʻquv yigʻiniga jalb etilgan trenerlar bilan onlayn mashgʻulot oʻtkazildi. Unda ushbu tadbirning maqsadi, mashgʻulotlarni samarali tashkil etish usul va uslublari, oʻquv yigʻini davomida amalga oshirilishi koʻzda tutilgan vazifalar, shuningdek, oʻquv uslubiy qoʻllanmalar hamda videoroliklardan foydalanish boʻyicha fikr va mulohazalar almashildi.
Oʻz muxbirimiz.