Toshkent viloyati hududida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash hamda oʻqotar qurollar bilan bogʻliq huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda nazorat-reyd tadbirlari oʻtkazilib, qonunbuzarlarga nisbatan, tegishli choralar koʻrilmoqda.

Masalan, yaqinda Chinoz tumanida oʻtkazilgan ana shunday tadbir davomida ushbu hududda yashovchi R.SH. ning xonadonidan 1956 yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan 2 dona 16 va 28 kalibrli otish uchun yaroqli ov quroli noqonuniy saqlab kelinayotganligi aniqlangan. Endilikda, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari, aholi oʻrtasida oʻtkazilgan targʻibot-tashviqot ishlari davomida 81 dona ov va pnevmatik qurollar ichki ishlar organlariga fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda topshirilgan.

Oʻz muxbirimiz.