Shirin shahar 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabi uchinchi sektor otaligʻiga olindi.
Yozgi taʼmirlash ishlari avj pallasiga kirgan shu kunlarda umumtaʼlim maktablari homiylar tomonidan zarur qurilish materiallari bilan taʼminlanishi ezgu amalga aylangan. Shirin shahar IIB tomonidan mazkur maktabga 5 tonna sement, bir necha oʻn kub. metr shagʻal, qum kabi qurilish materiallari yetkazib berildi. Shuningdek, uchinchi sektor tashabbusiga koʻra, davlat byudjeti hisobidan maktabning bir necha xonalari hamda fasad qismi taʼmirlanishi koʻzda tutilgan.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
