Xotin-qizlar orasida firibgarlik jinoyatining oldini olish oyligi doirasida Amudaryo tumani IIB tomonidan tumandagi barcha mahallarda, ayniqsa «qizil» toifadagi mahallalarda firibgarlik jinoyatining oldini olish yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Bobur nomidagi ovul fuqarolar yigʻinida oʻtkazilib, firibgarlik jinoyati va uning salbiy oqibatlari toʻgʻrisida tushuntirishlar, huquqiy maslahatlar berildi. Shuningdek, firibgarlar tuzogʻiga tushmaslik uchun nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi haqidagi bukletlar tarqatildi.

Inobat Oʻrozmatova,

leytenant.