“Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7251-sonli harbiy qismda ikkita tadbir tashkil etildi.

Harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilishini taʼminlash, bu borada ularning muloqot madaniyati, maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish, korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻymaslik, taʼmagirlik holatlarining oldini olish maqsadida tashkil etilgan birinchi tadbirda Toshkent shahar harbiy prokuraturasi tergovchisi, adliya katta leytenanti Shousmon Shoakbarov ishtirok etib, oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

Shu kuni oylik doirasida IIV Tibbiyot boshqarmasi Markaziy poliklinikasining bir guruh malakali mutaxassislari ishtirokida sogʻlom turmush tarzi mavzusida mashgʻulot ham oʻtkazildi. Mashgʻulot davomida harbiy xizmatchilarga ortiqcha vaznning salbiy oqibatlari, qolaversa hozirgi vaqtda ham dolzarbligini yoʻqotmagan koronavirus, shuningdek, gripp va boshqa mavsumiy kasalliklar haqida keng tushuncha berildi. Kasalliklarning oldini olish, ularga qarshi kurashish yoʻllari haqida tavsiyalar aytib oʻtildi.

Oʻz muxbirimiz.