Koreya respublikasi Sud ekspertizasi va tibbiyot instituti direktori So Jungsok boshchiligidagi delegatsiya vakillari tomonidan IIV Malaka oshirish institutida Sogʻliqqa qarshi qaratilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oqibatlarini bartaraf etishda politsiya organlari faoliyatini tashkil etish mavzusida seminar-trening mashgʻulotlari olib borilmoqda.

Bundan koʻzlangan asosiy maqsad ham ikki davlat oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va oʻzaro tajriba almashishdan iboratdir.

Qiziqarli va mazmunli oʻtayotgan ushbu seminar davomida mutaxassislar tomonidan sohada amalga oshirilayotgan yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumotlar berilishi bilan birgalikda, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga ham atroflicha javob qaytarilmoqda.

Oʻz muxbirimiz.