Toshkent shahar IIBB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasining bir guruh xodimlari Xorazm va Samarqand viloyatlariga borishdi. Mazkur viloyatlarda boʻlishdan koʻzlangan asosiy maqsad - hududlardagi ichki ishlar organlari xodimlarining ish uslublarini oʻrganish hamda oʻzaro tajriba almashishdan iborat edi. 

Mehmonlar boshqarmalar faoliyati, hamkasblarining hududlarida joylashgan sayyohlik maskanlaridagi ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, osoyishtalik posbonlarining kasb mahorati hamda xorijiy tillarni bilishi yuqori baholanib, boʻlinmalarda yaratilgan shart-sharoitlar, ularning zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangani alohida eʼtirof etildi.

Sarvar SOBIROV,

“Postda” muxbiri.