Yakkasaroy tumani IIOFMB psixologik taʼminlash guruhi katta psixologi, katta leytenant Sayyora Qodirova va voyaga yetmaganlar masalalari boʻyicha inspektor-psixolog, leytenant Munira Jumaboeva tumandagi 144-umumiy oʻrta taʼlim maktabi pedagoglari uchun amaliy seminar-trening tashkillashtirildi.  

Mazkur tadbirni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad oʻquvchi-yoshlarning ruhiy holatidagi noxush oʻzgarishlarni aniqlash va bartaraf etishning psixologik yoʻllari, ota-ona va farzand munosabatlari oʻrtasidagi ruhiy emosional toʻyinmaganlik sababli boladagi agressiv xulq-atvor yuzaga kelishi oqibatlari yuzasidan ilmiy-nazariy maʼlumotlar berishdan iborat. 

Oʻqituvchilar oʻtkazilgan ushbu seminar-treningdan koʻp narsa oʻrganganliklari, buni dars jarayonlarida foydalanishlarini aytib oʻtishdi. Ayniqsa, bola ruhiyatidagi oʻzgarishlarni aniqlash va bartaraf etishda ushbu maʼlumotlar yordam bera olishi, shu kabi seminar treninglarning kelgusida ham yana davom ettirish lozimligi taklifi bildirildi.

Sarvar SOBIROV,

“Postda” muxbiri.