Bugun IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismning Zangiota tumanidagi 1-batalyonida uzoq yillar davomida qorovul boshligʻi lavozimida samarali xizmat qilgan katta serjant Sanjar Hamroyev jamoadoshlari tomonidan izzat-ikrom bilan pensiyaga kuzatildi.

Ushbu marosimda soʻz olgan harbiy qism komandirining oʻrinbosari, podpolkovnik Sardor Sulaymonov fidoyi va jonkuyar harbiyning 22 yillik faoliyatiga toʻxtalib, oʻzining iliq fikrlarini bildirdi.

Koʻtarinki ruhda oʻtgan mazkur tadbir yakunida katta serjant Sanjar Hamroyevga toʻn kiydirilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.

Mixli SAFAROV,

oʻz muxbirimiz.