Xorazm viloyati IIB JXX JTSB xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikda pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy muomalasiga qarshi bir qator tadbirlarni amalga oshirishmoqda.
Urganch shahrida oʻtkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda shahardagi “Toʻmaris Nur” savdo majmuasiga qarashli avtomashinalar turargohida boʻlgan qoʻshkoʻpirlik K. I. tezkor guruh xodimlarida shubha uygʻotdi. Shundan soʻng, ushbu fuqaro qoʻlidagi sumka xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida unda hech qanday hujjatlarsiz xorijda ishlab chiqarilgan 70 quti jami 3850 dona “Britanik” yozuvli pirotexnika vositasi borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan K.I.ga nisbatan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
