Sayxunobod tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektorlariga xizmat olib borish holatini qayd etib boruvchi “body camera”lar tarqatildi.
Kamera xodimning kunlik ish faoliyati, fuqarolar bilan oʻzaro muloqotini uzluksiz yozib boradi. U yagona boshqaruv tizimiga ulangan boʻlib, markaziy apparat tomonidan boshqariladi.
Profilaktika inspektorining kamera yozuvi tizimda korrupsiyaning oldini olishga, vaziyatlarni haqqoniy oʻrganish va adolatli chora-tadbirlar koʻrishga yordam beradi.
Ushbu zamonaviy uskunadan viloyatning boshqa shahar-tumanlarida ham bosqichma-bosqich joriy qilish koʻzda tutilgan.
Doston SHAMSIDDINOV,
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati rahbari, mayor.
