Qorakoʻl tumani IIB xodimlari “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan tumandagi maktablarida boʻlib, targʻibot ishlari olib borishdi. Umumtaʼlim maktablarida oʻtkazilgan yigʻilishlarda oʻqituvchi, oʻquvchilar va ularning ota-onalari, nuroniylar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Yigʻilishda voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi yoki qarovsizligi oqibatida bugungi kunda sodir etilayotgan noxush holat, jinoyat va huquqbuzarliklar aniq misollarda tushuntirib berilib, maktab oʻquvchilarining hayoti, sogʻligʻi uchun xavf tugʻdiradigan yoxud uni taʼminlash, tarbiyalash va unga taʼlim berish talablariga javob bermaydigan boshqa gʻayriijtimoiy hatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, bu borada ota-onalar va keng jamoatchilikning roli tushuntirib berildi va namunali oʻquvchilarning ota-onalari ragʻbatlantirildi.
H. SHODIEV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
