Buxoro harbiy prokurori, podpolkovnik M.Bozormirzayev IIV Xalqaro aeroportlarda havfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7258-harbiy qismda boʻlib, harbiy xizmatchilar bilan uchrashdi. 2023 yil chaqiruvdagi askarlarga harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Shuningdek, jiniyatchilikning oldini olish, xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish, inson huquqlari mavzularida mashgʻulot ham tashkil etildi. Mashgʻulotda harbiy xizmatga qadam qoʻygan yosh askarlarga oʻzining hayotiy tajribalaridan misollar keltirib, ularni Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga chaqirdi.
Oʻz muxbirimiz.
