IIV MMI va KBTD Psixologik taʼminlash boʻlimi hamda boshqarma mutaxassis psixologlari ishtirokida viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining huquqiy, kasbiy va jangovar tayyorgarligini oshirish maqsadida psixologik trening mashgulotlari oʻtkazildi. Mashgulotlarda malakali oʻqituvchi va psixolog mutaxassislar shaxsiy tarkibning xizmat jarayonida yuqori zoʻriqishlar, hayotini xavf ostida qoldirish bilan bogʻliq holatlarda oʻzini tutish, muomala madaniyatini shakllantirish, fuqarolar bilan nizoli holatlarda qanday yoʻl tutish kerakligi hamda stressli vaziyatlardan chiqish yoʻllari boʻyicha maʼruzalar qilindi.
Oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
