“Temir intizom va halollik – muvaffaqiyat kaliti” shiori ostida oʻtkazilayotgan “Intizom oyligi” doirasida Fargʻona viloyati ichki ishlar organlari tomonidan koʻplab tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, viloyat IIB ikkinchi mintaqaviy hudud PPX otryadi xodimlari ishtirokida oʻkazilgan psixologik trening ham fikrimizga misol boʻla oladi.

“Ijtimoiy psixologik muommolarning yechimi” mavzusida tashkil etilgan treningda Qoʻqon davlat universiteti oʻqituvchisi, psixolog Faxriddin Hamidullayev tomonidan osoyishtalik posbonlariga zarur tavsiyalar berildi.

Xususan, koʻchada xizmat olib borish jarayonida fuqarolar bilan muloqotlarda nimalarga eʼtibor qaratish, axloqiy-ruhiy muvozanatni saqlash, shaxsiy tarkibni boshqarish, xodimlarning muammo va masalalarini oʻrganish hamda hal etish, oilaviy muhitni sogʻlomlashtirish hamda farzandlar tarbiyasiga oid maslahatlar va amaliy mashgʻulotlar soha xodimlarining psixologik bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona iloyati.