Surxondaryo viloyati IIB HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazida voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari bilan psixoprofilaktik suhbat oʻtkazildi. 

Suhbat jarayonida oiladagi ijtimoiy ahvol, oila aʼzolarining bir-biriga boʻlgan munosabatlarining qanchalik sogʻlom ekani, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi masʼuliyati, ularning qadriyatlar tizimi chuqur oʻrganilib, tushuntirish ishlari olib borildi. Bunga qoʻshimcha ravishda markazda saqlanayotgan voyaga yetmaganlarni ruhiy qoʻllab-quvatlash, ularga motivasiya berish maqsadida qadimiy ziyoratgohlar, koʻngilochar dam olish maskanlariga ham olib chiqilmoqda.

Feruza RAHMONQULOVA,

“Postda” muxbiri.

Surxondaryo viloyati.