Namangan viloyati IIB Patrul-post xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni 3-otryad safdor xodimi serjant Qahramon Jamolov tizimda 22 yildan buyon faoliyat olib boradi. U 1978 yilda Norin tumanida tugʻilgan. 2003 yilda Toʻraqoʻrgʻon mexanika iqtisodiyot kollejini tamomlagan.
Qahramon viloyat hududida jinoyatchilikning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, sodir etilgan jinoyatlarni ochish va boshqa bir qator tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida, sifatli bajarib, xizmatda uchraydigan barcha qiyinchiliklarni bartaraf etishda tirishqoqlik bilan harakai qiladi.
Qahramon 2020 yilda Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida suv toshqinida jabr koʻrgan fuqarolarning xonadonlarini qayta qurishda jamoat xavfsizligini taʼminlashda fidoyilik namunasini koʻrsatgan. Masʼuliyatli xodimning ushbu xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib ragʻbatlantirilib, Prezidentimizning 2020 yil 26 maydagi Farmoniga koʻra, “Mehr-saxovat” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
“Postda” muxbiri,
Namangan viloyati.
