Viloyat IIB boshligʻi, polkovnik M.Miralimov hamda IIV JXD Probatsiya xizmati boshligi, polkovnik Sh.Uralov boshchiligida Shofirkon tumanining “Qalmaqon” mahallasida istiqomat qiluvchi yoshlar muammolari oʻrganildi. Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida belgilab berilgan vazifalar hamda mamlakatimizda Yoshlar va biznesni qollab-quvvatlash yili munosabati bilan otkazilgan uchrashuv davomida asosan ish bilan taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun kreditlar ajratish, oliy taʼlim muassasalari kontrakti toʻlovi kabi masalalardagi muammolar bildirildi.

Murojaatlarning aksariyati joyida yechim topgan boʻlsa, muddat talab qilganlarining ijrosi nazoratga olindi.

A.NOROV,

mayor.

Buxoro viloyati.