Tadbir
Olmazor tumani IIOFMBda navbatdagi maʼnaviyat va maʼrifat darsi “Qatagʻon qurbonlari – istiqlol fidoyilari” mavzusida boʻlib oʻtdi. Darsda Vatanni himoya qilish yoʻlida jon fido qilgan qatagʻon qurbonlari va jadidlarning hayoti va ijodi haqida batafsil maʼlumot berildi. Tadbir davomida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlarga ham toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, dars jarayonida tuman IIOFMB xodimi, podpolkovnik Eldar Dexkanovni nafaqaga kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.
Boshqarma boshligʻi, polkovnik M.Vafoyev hamda xodimning hamkasblari va shogirdlari oʻzlarining iliq soʻzlari va tilaklarini bildirishdi. Fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash yoʻlida xizmat qilgan, jinoyatchilikning oldini olishda oʻz hissasini qoʻshib, yosh xodimlarni ona-Vatanga muhabbat, oʻz xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashda orttirgan bilim va boy tajribalarini oʻrgatib murabbiylik qilib kelganligini aytib oʻtishdi.
Tadbir soʻngida podpolkovnik Eldar Dexkanovga milliy toʻn va doʻppi kiydirilib, esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shahboz YANDASHEV,
katta leytenant.