Jizzax shahar IIB probatsiya guruhi nazoratidagi mahkumlar ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Tadbirda jazo oʻtayotgan shaxslar sud tomonidan belgilangan cheklovlarga qatʼiy amal qilishlari zarurligi uqtirilib, qonunlarni buzish oqibatlari tushuntirildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, mazkur maqsadda kredit va subsidiyalar olish tartiblariga oid maʼlumotlar berildi. Yigʻilish jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax shahar sudining sayyor sudiga ulanib ketdi. Mazkur jarayonda oʻnglanish yoʻliga oʻtgan 16 nafar mahkum muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi. Xuddi shunday, qonunni buzgan 1 nafar mahkumning jazosi ogʻirrogʻiga almashtirildi.

Shundan soʻng mehnat yarmarkasi tashkil qilinib, mahkumlarni ishga joylash choralari koʻrildi. Bundan tashqari, zaruratga koʻra psixolog koʻmagi koʻrsatildi. Probatsiya xizmati nazorati ostida boʻlgan xotin-qizlarga esa huquqiy maslahatlar berildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.