Nukus shahrida yoʻl-patrul xizmati xodimining hushyorligi tufayli qidiruvdagi shaxs qoʻlga olindi, – deya xabar beradi Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV YHXB Matbuot guruhi.
Maʼlum boʻlishicha, Nukus shahar Yernazar Olakoʻz koʻchasida xizmat vazifasini oʻtayotgan yoʻl-patrul xizmati inspektori, safdor A. Yeshniyazov “Kobalt” rusumli avtotransport vositasini toʻxtatadi. Uning haydovchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni planshet qurilmasi yordamida tekshirganida, u qidiruvdagi shaxs ekanligi aniqlanadi.
Shundan soʻng, avtotransport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga qoʻyilib, haydovchining oʻzi esa, Xoʻjayli tumani Iibga topshiriladi.
Azamat PIRNIYAZOV,
“Postda” muxbiri.
