Joriy yilning 15 noyabr kuni Namangan shahrida yashovchi G.G, ichki ishlar boʻlimiga ariza bilan murojaat qiladi. Unga koʻra, shu yilning 26 avgust kuni Namangan shahrida yashovchi avval ham sudlangan T.T. jabrlanuvchining ishonchiga kirib, Namangan shahrida joylashgan tilla-taqinchoqlar bozorida narxi 13200000 soʻmlik tilla uzuk va trossini sotib olishga kelishadi. Pulni esa kechqurun berishini aytib, tilla-taqinchoqlarini boshqa shaxsga sotib yuboradi va pullarni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligini maʼlum qiladi.
Ushbu holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Feruza OTAXONOVA,
“Postda” muxbiri.
Namangan viloyati.
