Namangan viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Shuxrat Aliyev Chust tumanida "Qizil hudud" toifasiga kiruvchi MFYlar beshligi bilan uchrashdi.

Oʻtgan 2022-yil davomida "Sadacha" va "Pansada" MFYda jinoyatchilik holatlari oshib ketgani bois ushbu toifaga kiritilgan edi.

Boshqarma boshligʻi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, ijtimoiy-kriminogen vaziyatlarni yaxshilash, ikki mahallani namunali hududlar safiga qoʻshish borasida masʼullarga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berdi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.