Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi kriminogen vaziyat ogʻir boʻlgan va jinoyat sodir etilishi oshgan "qizil" hududlarda barqarorlikni taʼminlash, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida maxsus profilaktik tadbirlar oʻtkazildi.
Viloyat IIB JXX JTSB PPX batalyoni, viloyat IIB JXX YHXB, tuman IIB hamda Milliy gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan mazkur tadbirlarda aholining hushyorligini oshirish, mol-mulkiga boʻlgan daxldorlik hissini uygʻotish, sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir davomida aholining oʻz mol-mulkini ishonchli himoya qilishda Qoʻriqlash xizmatidan foydalanish afzalliklari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida oʻtkazilayotgan bu kabi tadbirlar viloyat hududidagi “qizil” toifaga kiritilgan boshqa mahallalarda ham davom etmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
