Ayolni jon qulogʻi bilan tinglaydigan, uning qanday sharoitda yashayotgani bilan qiziqadigan, kerak boʻlsa, zoʻravonlardan himoya qiladigan zamonda yashayapmiz. Bu yurtda ijtimoiy tenglikni saqlashga ham xizmat qilayotir. 

Sherobod tumanidagi 3-sektor hududida “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqotdan koʻzlangan maqsad ham shu boʻldi. Tumanning Kattabogʻ mahallasida yashovchi xotin-qizlar muloqotga shaylangan tuman IIB boshligʻi hamda Oila va xotin-qizlar boʻlimi rahbariga oʻz muammolarini aytishdi. Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi masʼul xodimi ham ishga joylashtirish masalasi boʻyicha mavjud imkoniyatlar haqida maʼlumot berib oʻtdi. Muloqot davomida xotin-qizlarning huquq va manfaatlari qanday himoya qilinayotgani, ayollar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirishning huquqiy asoslari ham keltirib oʻtildi. 

Feruza RAHMONQULOVA,

“Postda” muxbiri.

Surxondaryo viloyati.